Bu koʻrsatkich 2024-yilda 31 ming 542 gektarni tashkil etgan edi.

Hududlar kesimida eng koʻp holatlar Toshkent viloyatida qayd etildi — 870 ta holatda 11 ming 829 gektar yer maydoni yoqib yuborilgan. Keyingi oʻrinlarda:

  • Andijon viloyati — 7 665 gektar (738 holat)
  • Surxondaryo viloyati — 2 104 gektar (279 holat)
  • Namangan viloyati — 1 542 gektar (110 holat)
  • Samarqand viloyati — 1 076 gektar (143 holat)
  • Sirdaryo viloyati — 1 055 gektar (83 holat)
  • Jizzax viloyati — 904 gektar (61 holat)
  • Fargʻona viloyati — 519 gektar (66 holat)
  • Buxoro viloyati — 256 gektar (43 holat)
  • Xorazm viloyati — 99 gektar (31 holat)
  • Qoraqalpogʻiston — 52 gektar (9 holat)
  • Qashqadaryo viloyati — 14 gektar (2 holat)
  • Navoiy viloyati — 8 gektar (1 holat)

Davlat kosmik monitoringi doirasida eng koʻp dala yongʻinlari Toshkent viloyatida, eng kam holat esa Navoiy viloyatida kuzatildi. Oʻtgan 2024-yilda ham Toshkent viloyati noqonuniy holatlar boʻyicha birinchi oʻrinda qayd etilgandi.

Shuningdek, tahlillar davomida oʻtgan yili yoqib yuborilgan va bu yil ham takrorlangan maydonlar aniqlangan:

  • Toshkent viloyatida — 73 ta holat
  • Surxondaryo viloyatida — 47 ta holat
  • Samarqand viloyatida — 13 ta holat

Yangi imkoniyat sifatida Uzcosmos agentligi 2025-yildan dalaYongini.cmspace.uz portali va maxsus @UzCosmosYonginbot telegram-botini ishga tushirdi. Ular orqali fuqarolar dala yongʻinlari haqida real vaqtda surat va manzillarni yuborishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 1 gektar yerda don poyasi yoqilganda atmosferaga 500 gramm azot oksidi, 379 gramm uglevodorod, 3 kg kul, 20 kg is gazi va uglerod oksidi tarqaladi. Bu holat inson salomatligiga jiddiy xavf solishi, shuningdek atrof-muhit va tuproq unumdorligiga salbiy taʼsir koʻrsatishi taʼkidlanmoqda.