Birinchi xalqaro yoʻlovchi poyezdi joriy yil 1-aprel kunidan boshlab Nukus – Beyneu – Nukus yoʻnalishi boʻyicha qatnay boshlaydi.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati va “Qazaqstan temir jolы” MK» AJ bilan kelishilgan holda joriy yilda Qozogʻiston Respublikasiga yana bir yoʻlovchi poyezd harakati tashkil etilmoqda.
2022-yil 2-maydan boshlab haftada uch marotaba Olma-ota-2 – Toshkent – Olma-ota-2 yoʻnalishida 1/2-sonli poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Ushbu poyezd “Toshkent-Markaziy” vokzalidan har seshanba, payshanba va yakshanba kunlari jadval asosida Qozogʻistonga joʻnab ketadi. Oʻzbekiston tomon esa, “Olma-ota-2” temir yoʻl vokzalidan har dushanba, chorshanba va shanba kunlari qatnaydi.
Boshqa qoʻshni davlatlar bilan temir yoʻl yoʻnalishlarining qayta tiklanishi tomonlarning kelishuviga asosan bosqichma bosqich ochilishi kutilmoqda.
Chiptalarni elektron tarzda hamda temir yoʻl kassala sotib olish mumkin.
IZOH: Qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byuro bilib olish mumkin.