Joriy yil 2-chorakning eng faol banklari aniqlandi

    “Tibisi bank” umumiy reytingda uch pog'ona yo'qotdi va reytingning oltinchi pog'onasidan to'qqizinchi pog'onasiga tushib ketdi.

    Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O'zbekistondagi eng faol banklar reytingini yangiladi. Eng katta o'sishni "Milliy Bank" va "Infinbank" ko'rsatib, ular mos ravishda 4 va 3 pog'onaga ko'tarildi. Shu bilan birga, “Ipotekabank” kuchli uchlikdan tushib ketdi va “O'zsanoatqurilishbank” umumiy reytingda eng katta pasayishni ko'rsatdi.

    Markaz O'zbekistonning 31 ta tijorat banki uchun "Bank faollik indeksi"ni ishlab chiqqan. Mazkur indeksga asosan, har chorakda banklar reytingi yangilab boriladi.

    Tadqiqot xususiy sektorning bank aktivlaridagi ulushining o'zgarishini monitoring, shuningdek, mamlakat bank sektoridagi islohotlar va transformatsiya jarayonlarining samaradorligini baholash maqsadida o'tkaziladi.

    Markaz tadqiqotida banklar ikki guruhga bo'lingan — katta va kichik. Reyting ushbu guruhlarning har biri uchun alohida-alohida tuzilgan. Shu bilan birga, kichik banklar guruhiga faqat Toshkent shahrida (yoki faqat bitta viloyatda) faoliyat yurituvchi banklar kiradi.

    2022-yilning 2-choragi uchun yirik banklar faolik reytingi 17 ta yirik banklar uchun tuzilgan birinchi uchlik quyidagicha joylashgan bo'lib, “Kapital bank” umumiy reytingda yuqori o'rinni egallashda davom etmoqda, moliyaviy vositachilik va ommabopligi bo'yicha o'tgan chorakka nisbatan ko'rsatkichlarini yaxshiladi, bu bankning aholi va tadbirkorlik vakillari bilan faol ish olib borayotganini ko'rsatadi.

    “Trast bank” reytingning ikkinchi pog'onasini egallab, o'zining yetakchi o'rnini saqlab qoldi va “Hamkor bank” 1 pog'onaga ko'tarilib, kuchli uchlikni yopdi.

    “Ipoteka bank” davlat ulushi mavjud eng yirik banklardan biri bo'lib, u ilgari dinamik o'sishni (6 punktga) ko'rsatgan, umumiy reytingda 3-o'rindan 5-o'ringa ko'tarildi. Bankning moliyaviy vositachilik bo'yicha reytingi muddatli depozitlarning kreditlariga nisbatini yanada oshirish, boshqa banklar va moliya institutlaridan olingan mablag'lar hamda Moliya vazirligi oldidagi majburiyatlari bo'yicha ko'rsatkichlarini yaxshilash lozimligini ko'rsatmoqda.

    "Milliy bank" umumiy reytingda 4 pog'onaga (12 o'rin) yuqoriladi. Bankning boshqaruv samaradorligi va likvidlilik bo'yicha ijobiy natijalar qayd kuzatildi.

    “Mikrokreditbank” umumiy reytingda 2 pog'onaga ko'tarilib, 10-o'rinni egalladi. Bunga bankning moliyaviy vositachilik (10-o'rin) va aktivlar sifati (11-o'rin) ko'rsatkichlari bo'yicha sezilarli ijobiy o'zgarishlar sabab bo'ldi.

    “O'zsanoatqurilishbank” umumiy reytingda 4 pog'ona yo'qotib, 10-o'rindan 14-o'ringa tushib ketdi. Bunga sabab bankning aktivlari sifati, boshqaruv samaradorligi va likvidlilik ko'rsatkichlaridagi o'zgarishlar sabab bo'lgan. Xususan, muammoli kreditlar hajmi oshdi va yuqori likvidli aktivlari jami aktivlariga nisbati kamaydi.

    2022-yilning 2-choragi uchun kichik banklar faolik reytingi O'zbekistondagi 14 ta kichik banklar orasida “Universalbank” ikkinchi chorakda eng faol bo'ldi va bu o'z mavqeini birdaniga 3 ballga yaxshiladi. Shu bilan birga, “Davr bank” o'zining yetakchi pozitsiyalarini saqlab qolgan holda kichik banklar kategoriyasida reytingning etakchisi bo'lib qolmoqda.

    “Tibisi bank” umumiy reytingda uch pog'ona yo'qotdi va reytingning oltinchi pog'onasidan to'qqizinchi pog'onasiga tushib ketdi.