Lekin soha mutasaddilarida ham, hokimlarda ham 3 ta davlatdan oʻtgan bu tarixiy yoʻnalish salohiyatidan foydalanish boʻyicha birorta taklif yoʻq. Masʼullarga bu yoʻnalishda yangi turizm marshrutini ishlab chiqib, keng targʻib qilish topshirildi.
«Turizmda oliy taʼlimni 4-yildan 3-yilga kamaytirib, dual tizimga oʻtkazdik. Nima uchun? Yoshlar koʻproq amaliy bilim olib, tajriba orttirishi kerak«, — dedi Prezident.
Masalan, Toshkentdagi Singapur menejment instituti oliygoh hududida 10 qavatli mehmonxona turizm klasteri tashkil qilmoqda. Yiliga 200 nafar talaba, 300 nafar oʻqituvchi mehmonxona boshqaruvi, marketing kabi yoʻnalishda amaliyot oʻtash va malaka oshirish imkoniga ega boʻladi.
Dual taʼlim boʻyicha hududlarda ham yaxshi tajribalarni koʻpaytirish, joriy yilda 500 nafar talabani turizm boʻyicha amaliyot oʻtash va ishlashga yuborish muhimligi taʼkidlandi.