Xizmat avtotransport vositalari respublika davlat boshqaruvi organlarida, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarida rahbarlar hamda ularning oʻrinbosarlariga:

respublika davlat boshqaruvi organlari tizimidagi tashkilotlar va ularning hududiy boʻlinmalarida birinchi rahbarlarga shaxsan biriktiriladi. Shuningdek, respublika davlat boshqaruvi organlarida xizmat maqsadlarida davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq autsorsing shartlari asosida avtobus, taksi va boshqa avtotransport vositalari xizmatlaridan foydalanish tizimi joriy etiladi.

2021-yil 1-avgustdan yangi tipdagi davlat raqami belgilari bilan qayta roʻyxatdan oʻtkazilmagan tegishli xizmat avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.