Oʻrtacha oylik havo harorati meʼyor atrofida boʻlishi kutilmoqda, baʼzi joylarda meʼyordan 1-1,5 darajaga yuqori boʻlib, 2-4 daraja iliqni, shimolda 2 daraja sovuq - 1 daraja iliqni, janubda 6-8 daraja iliqni tashkil etadi.

Fevral oyining boshi nisbatan sovuq boʻladi. Birinchi besh kunlikda havo harorati asosan kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 2-7 daraja iliq, baʼzi joylarda 0-2 daraja sovuqqacha boʻladi.

Yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik 1-fevral va 4-fevral kunlari respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida, 3-fevralda janubiy viloyatlarida boʻlib oʻtadi.

Ikkinchi besh kunlikda harorat kechalari 0-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha koʻtariladi. 7-8-fevral kunlari asosan yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻlishi mumkin.

Keyinchalik, oyning oxirigacha, harorat kechasi 2-7 daraja iliqdan 2-7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 13-18 daraja iliqdan 2-7 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 0-5 daraja iliqdan 7-12 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 11-16 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha oʻzgarib turadi.

Fevral oyida yogʻingarchilik miqdori meʼyordan kam, baʼzi joylarda meʼyor atrofida boʻlishi kutilmoqda.