Joriy yilning olti oyida 20 ta hududda avariyalar soni yuqoriligicha qolmoqda.

Ogʻir oqibatli avariyalar keskin kamaygan tumanlar koʻp. Moʻynoq, Nukus, Taxtakoʻpir, Qonlikoʻl, Yangiobod, Toʻraqoʻrgʻon, Oqqoʻrgʻon, Sayxunobod, Buloqboshi, Ulugʻnor, Bandixon tumanlari va Ohangaron, Shirin, Nurafshon, Xonobod shaharlarida vaziyat yaxshilanib, birorta oʻlim boʻlmadi.

Lekin Qiziltepa, Uychi, Paxtachi, Chust, Toyloq, Urgut, Shovot, Pastdargʻom, Yakkabogʻ, Qoʻshkoʻpir, Xonqa, Denov, Peshku, Beruniy, Olmazor, Bektemir tumanlarida teskari vaziyat.

Soha uchun masʼullarga bizda har 100 ming aholiga oʻlim bilan bogʻliq avariyalar soni Hamdoʻstlik davlatlari ichida eng pastligi xotirjamlikka berilish uchun sabab emasligi koʻrsatib oʻtildi.

«Afsuski, har toʻrtinchi avariyada 1 kishi yoki kuniga oʻrtacha 6 kishi vafot etayotgani barchani qattiq tashvishga solishi kerak», — dedi Prezident.