O'tgan yili odil sudlov ishiga aralashish holatlari bo'lganligi ma'lum qilindi

    O'tgan yili 4 ta shunday holat qayd etilgan, aybdor shaxslarga nisbatan 2 ta jinoyat ishi va 2 ta ma'muriy ish qo'zg'atilgan edi.

    Bu haqda AOKAda Sud`yalar oliy kengashi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida ochiqlandi.

    Sud`yalar daxlsizligini ta'minlash borasida ham tizimli ish olib borilmoqda. 2021 yilda odil sudlovga aralashish bilan bog'liq 4 ta holat bo'yicha xizmat tekshiruvlari o'tkazilib, aniqlangan holatlar bo'yicha Sud`yalar oliy kengashi raisi tomonidan Bosh prokurorga o'z vaqtida taqdimnomalar kiritilishi natijasida aybdor shaxslarga nisbatan 2 ta jinoyat ishi va 2 ta ma'muriy ish qo'zg'atildi.

    2022 yil yarim yilligida sud`yalar daxlsizligi buzilishi va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashish bo'yicha holat qayd etilmadi. Biroq sud ishlariga bilvosita aralashish va sud`yalar daxlsizligiga ta'sir o'tkazish ehtimoli yuqori bo'lgan vaziyatlar yuzadan Kengash o'z vaqtida munosbat bildirishi natijasida bunday holatlarning barvaqt oldi olinib kelinmoqda, deb xabar berildi matbuot anjumanida.