Xususan, viloyat prokuraturasi bo'lim boshlig'i Xurshid Usmonov, Parkent tuman prokurori Sharifjon Akbarov, tuman davlat soliq idorasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosining tuman bo'limlari rahbarlaridan iborat ishchi guruh oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va bozordagi narx-navo barqarorligini saqlash maqsadida tadbirkorlar va novvoylar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Mutasaddilar tumanda qolipli non ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlar hamda novvoylarga zarur tushuntirish, tavsiya va mavjud masalalar yuzasidan amaliy yordam ko'rsatishmoqda.

Xususan, qolipli non ishlab chiqarayotgan tadbirkorlar hamda novvoylar faoliyatida un mahsulotlari, shuningdek, tabiiy gaz, elektr-energiyasi ta'minotida uzilishlar bo'lmasligi uchun zarur choralar ko'rilmoqda.

Ishchi guruh bozor rastalarini ham o'rganib, kundalik ehtiyoj uchun zarur iste'mol mollari, qishloq xo'jaligi mahsulotlari, shu bilan birga, go'sht narxida ham barqarorlik va maqbullikni saqlash, savdo rastalarida sanitariya qoidalariga qat'iy amal qilish bo'yicha tushuntirish va targ'ibot ishlari olib bormoqda, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.