“Football Italia”ning xabar berishicha, hamyurtimiz Eldor Shomurodov toʻp surayotgan Italiyaning “Roma” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo A Seriya 26-turidan oʻrin olgan “Verona”ga qarshi oʻyinda notoʻgʻri xatti-harakatlar qilgan. Shundan soʻng hakam unga qizil katochka koʻrsatgan. Mourinyo esa hakamga “Seni ataylab yuborishdi, seni “Yuventus” yubordi!”, deb baqirgan. U bu xatta-harakati uchun ikki-uch oʻyinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin
Oʻsha oʻyinda “Roma” “Verona” bilan durang oʻynagan – 2:2.