“5 yoshdan kichik bolalar niqob taqishlari shart emas. Bu bolaning xavfsizligi va umumiy manfaatlariga, shuningdek, niqobni minimal yordam bilan toʻgʻri ishlatish qobiliyatiga asoslanadi”, deyiladi qoʻllanmada.

Agar bola 6 dan 11 yoshgacha boʻlsa, JSST va YUNISEF tavsiyasiga binoan niqoblardan foydalanishni tanlashda eʼtiborga olish kerak boʻlgan bir qator omillar mavjud. Bu bola yashaydigan joyda virus tarqalish darajasi, uning niqobni xavfsiz va toʻgʻri ishlatish qobiliyati, kattalar tomonidan yetarli darajada nazorat qilinishi, niqob taqishni oʻrganish uning psixosotsial rivojlanishiga oʻtkazishi mumkin boʻlgan taʼsiri va himoya niqoblaridan foydalanish, ularni oʻzgartirish, yuvish qobiliyatiga bogʻliq.

“JSST va YUNISEF 12 yoshdan oshgan bolalarga niqob taqishni kattalar bilan bir xil sharoitda tavsiya qilishadi, ayniqsa ular boshqa odamlardan kamida 1 metr masofada boʻlishiga kafolat bera olmaydigan huddudda boʻlganlarida” , deyiladi hujjatda.

JSST ning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 22,8 milliondan ortiq infeksiya holati aniqlangan, 795 mingdan ortiq odam vafot etgan.