Uning aytishicha, so'nggi haftalarda vujudga kelgan murakkab vaziyat tufayli kasalxonalar ortiqcha yuklanish xavfi ostida. Zararlanish sonini kamaytirishning eng tezkor usuli bu — turli cheklovlarni joriy qilishdir.
- JSST bu boradagi ishlarga albatta o'z hissasini qo'shadi va kerakli tavsiyalarni beradi”, - deya qo'shimcha qildi Vuynovich.
Eslatib o'tamiz, 20-sentyabr` kuni Melita Vuynovich Rossiya Federatsiyasida koronavirus tufayli cheklovlarni qayta kiritish shart emasligini aytgandi.
JSST o'tgan hafta davomida dunyoda 2 million nafardan ortiq odam koronavirus bilan kasallangani, 39 ming nafar bemor vafot etgani haqida xabar bergan edi.
Pandemiya boshlanganidan buyon 34,8 million nafar kishi COVID-19 ga chalingan, 1 million nafardan ortiq odam kasallik qurboniga aylandi.