Bu haqdagi bayonotni seshanba kuni tashkilotning Evropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge  o'zining Twitterdagi sahifasida ma'lum qildi.

“Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining Evropadagi mintaqaviy byurosi test strategiyasini muhokama qilish va yuqish xavfini kamaytirish uchun a'zo mamlakatlarni chaqirmoqda”, deb yozgan u.

Shuningdek, Klyuge mutasiyalangan shtammning tarqalishi oldini olish uchun u haqda batafsil ma'lumot berilmaguncha turli sayohatlardan vaqtincha voz kechishga chaqirdi.

O'tgan hafta ingliz olimlari yuqumliligi odatdagidan 70 foiz ko'proq bo'lgan COVID-19 yangi shtammining paydo bo'lganini e'lon qilishdi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, virusning ushbu varianti tanasida infeksiya bir necha oy saqlanib qolgan immunitet tanqisligi bo'lgan bemorda shakllangan.
Shu bilan birga, JSST yangi shtammning pandemiyaga ta'sirini baholadi.