JSST rahbari pandemiyaga qarshi kurash boʻyicha maʼruzasida 8-dekabr kuni “COVID-19 vaksinasidan foydalanishning bir yilligi» nishonlanganini esladi. Uning soʻzlariga koʻra, pandemiya bir yildan keyin tugashiga hamma ishongan va umid qilgan, ammo pandemiyaga barham berish uchun zarur boʻlgan vaksinalar, shuningdek, diagnostika-terapevtik va boshqa vositalar teng taqsimlanmagani sababli pandemiya kutilganidan ancha uzoqroq muddatga choʻzildi.

Gebreyesusning soʻzlariga koʻra, hozir “dunyo pandemiya hukmronligi ostida qolmoqda” va oʻlimlar soni uch barobardan koʻproqqa oshdi. Uning taʼkidlashicha, pandemiya jahon sogʻliqni saqlash tizimidagi muammolarning ildizida yotgan tengsizlikni koʻrsatdi.

«Omikron shtammining paydo boʻlishi bu borada erishgan yutuqlarimizga raxna solish bilan tahdid qilmoqda. Yangi davolash usullarini ishlab chiqish COVID-19 ogʻir kechishining oldini olishga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin. Ammo biz ushbu yangi vositalarga xuddi shunday adolatsiz qarashlariga yoʻl qoʻymasligimiz kerak. Bu millionlab odamlarni vaksinalardan mahrum qilishi mumkin» — deya qoʻshimcha qildi JSST rahbari.

Gebreyesus hukumatlarni yangi omikron vaziyatidan kelib chiqqan holda milliy pandemiya rejalarini qayta koʻrib chiqish, shuningdek, kasallikning tarqalishini kamaytirish va emlash bilan qamrab olishni tezlashtirishga qaratilgan saʼy-harakatlarni kuchaytirishga chaqirdi.

“Yana qancha inson hayotini saqlab qolishimiz butun dunyo boʻylab vaksina, test va davolanishdan adolatli foydalanishni qanchalik tez taʼminlashimizga bogʻliq”, dedi u.

Avvalroq JSST rahbari koronavirus tarqalishiga qarshi kurashning hozirgi usullarini tanqid qilib, pandemiya boʻyicha yangi kelishuv zarurligini taʼkidlagan edi.