Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga tayanib quyidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotida qayd etilishicha, 7-13-noyabr kunlari koronavirusni yuqtirish holatlari undan avvalgi haftaga nisbatan 2 foizga oshgan. Oʻlim koʻrsatkichlari esa 30 foizga kamaydi. Bemorlar sonining keskin koʻpayishi Gʻarbiy Tinch okeani mintaqasi (+18 foiz), Janubi-Sharqiy Osiyo (+15 foiz) hamda Janubiy va Shimoliy Amerikada (+12 foiz) qayd etildi.
Oʻlim koʻrsatkichlarining sezilarli kamayishi asosan Afrika (-86 foiz), Janubi-Sharqiy Osiyo (-80 foiz) va Yevropada (-41 foiz) kuzatildi. Gʻarbiy Tinch okeani (+14 foiz) va Sharqiy Oʻrta yer dengizi (+7 foiz) mintaqasi mamlakatlarida aksincha, oʻsish dinamikasi aniqlandi.
Oʻtgan haftada eng koʻp bemorlar roʻyxatga olingan mamlakatlar:
Yaponiya — 503 766,
Janubiy Koreya — 355 990,
AQSH — 281 955,
Germaniya — 184 987,
Xitoy — 171 745.
Eng koʻp oʻlim holatlari qayd etilgan davlatlar:
AQSH — 2 323,
Yaponiya — 552,
Rossiya — 436,
Xitoy — 410,
Fransiya — 390.