Xususan, 2024-yilda bu xastalikni yuqtirish holatlari 2023-yildagiga nisbatan 5 foizga, oʻlim koʻsatkichlari esa 50 foizga ortgan. Yaʼni oʻtgan yili 6000 nafardan ortiq odam vabo qurboniga aylangan.

Qolaversa, 2024-yili epidemiya oʻchoqlari aniqlangan mamlakatlar soni 60 taga yetgan. Bu ham undan avvalgi yildagiga nisbatan 15 ta koʻp koʻrsatkich.

Yuqori oʻsish holatlari qayd etilgan hududlar roʻyxatida Afrika, Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalari davlatlari yetakchilik qilmoqda. Kasallik qurbonlarining toʻrtdan bir qismi tibbiyot muassasalariga bormasdan vafot etgan.

Xavotirli jihati, 2025-yilda ham global vabo inqirozi davom etmoqda: yil boshidan buyon 31 mamlakatda kasallik tarqalishi qayd etilgani buning tasdigʻi.

Shundan kelib chiqib, JSST hukumatlar, donorlar va mahalliy hamjamiyatlarni vaboga qarshi hamjihatlikda kurashishga chaqirdi. Buning uchun, avvalo, aholini xavfsiz ichimlik suvi va gigiyena vositalari bilan taʼminlash zarur.

Binobarin, oʻtgan yil boshida vaboga qarshi yangi innovatsion vaksina (OCV) tasdiqdan oʻtgan. Biroq uni xastalik oʻchoqlariga yetkazib berish surʼati talab darajasida emas.

Oʻz navbatida, samarali epidemiologik nazorat va tezkor diagnostika vaboni jilovlashda katta natija berishi mumkin.