Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus xastalik epidemiyaga aylanib, boshqa hududlar aholisiga ham xavf solishidan jiddiy tashvishda. Aslida xavotirlar oʻrinsiz emas. Chunki Uganda Sogʻliqni saqlash vazirligi 20-sentyabr kuni mamlakatda ilk kasallanish holati roʻyxatga olinganini maʼlum qilgan edi.

Biroq oradan ikki hafta oʻtib, virus dastlabki oʻchogʻi boʻlgan — Mubende tumanidan toʻrtta qoʻshni tumanga tarqalib ulgurdi. “Ebolani jilovlash oson kechmaydi, — deydi JSST rahbari. — Buning uchun birgalikdagi saʼy-harakatlarni kuchaytirish lozim. Qolaversa, xastalik haqida jamoatchilikni keng xabardor qilish epedimiyaga qarshi kurash samaradorligini oshiradi."

Eslatib oʻtamiz, Ebola virusining yashirin muddati 21 kungacha davom etadi. Eng yomoni, uni yuqtirganlarning oʻrtacha 50 foizi kasallik oqibatida hayotdan koʻz yumadi. Hatto baʼzi hollarda bu koʻrsatkich 90 foizga ham yetgan.