JSST eʼlon qilgan yangi hisobotga koʻra, 24 patogenga qarshi emlanish orqali dunyo boʻyicha qoʻllaniladigan zarur antibiotiklar miqdorini 22 foizga yoki sutkasiga 2,5 milliard dozaga kamaytirishi mumkin.
Bu dorilarga chidamli mikroblarga qarshi kurashish borasidagi global maqsadlarga ham mos keladi. Qolaversa, ana shu vaksinalarning ayrimlari allaqachon yaratilgan, biroq ulardan tibbiy amaliyotda kam foydalanilmoqda.
Qayd etilishicha, dorilarga chidamli infeksiyalar yiliga 5 million kishining oʻlimiga sabab boʻlmoqda. Kelgusi 25-yil ichida xuddi shunday bakteriyalar tufayli 208 million odam hayotdan koʻz yumishi prognoz qilinyapti.
Vaksinalar bu raqamlarni qisqartirish, oʻz navbatida, antibiotiklar qoʻllanilishini kamaytirish va infeksiyalar tarqalishini sekinlashtirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, dori-darmonlarga chidamli patogenlarni davolash uchun shifoxona xarajatlari yiliga 730 milliard dollarga baholanadi. Agar vaksinalar barcha qayd etilgan kasalliklarga qarshi qoʻllanilsa, sarf etilayotgan 30 foizdan koʻproq mablagʻ tejab qolinadi.