“Biz pandemiyani nazorat qilishda yutuqlarga erishayotgan boʻlsak-da, u juda xavfli bosqichda qolmoqda”, dedi Gebreyesus JSST brifingi paytida.
Uning soʻzlariga koʻra, ushbu vaziyatdan chiqishning yagona yoʻli mamlakatlarni “shaxsiy himoya vositalari, testlar, dorilar va vaksinalarni adolatli tarqatishda” qoʻllab-quvvatlashdir.
Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 184,5 million nafar kishi koronavirus bilan kasallangan boʻlib, ulardan 3,9 million nafari vafot etgan.