“To‘g‘ri, asosiy og‘ir sinovlarni ortda qoldirdik, biroq hali ko‘zlangan manzilda emasmiz, — deydi JSST rahbari. — Hozir Yer yuzi aholisining kamida 90 foizi emlanish yoki SOVID-19ni boshdan o‘tkazgani tufayli bu kasallikka qarshi immunitetga ega. Ammo koronavirus mutasiyaga uchrashda davom etmoqda”.
Tahlillarga ko‘ra, hozirgacha “omikron” shtammining asosan yuqori nafas yo‘llarini zararlovchi 500 dan ortiq subvariantlari paydo bo‘lgan. Eng yomoni, ular orasida immunitetga oson “chap bera oladigan” versiyalari ham bor.
Bosh direktorning ta’kidlashicha, so‘nggi besh hafta ichida kasallikdan o‘lim ko‘rsatkichlari birmuncha pasaygani ijobiy holat. Lekin hozir xastalikning oldini olish, davolash va asoratlarini bartaraf etish borasida uch yil avvalgidan ko‘ra ko‘proq imkoniyatga egamiz.
Shunday sharoitda ro‘yxatga olinayotgan haftalik o‘lim ko‘rsatkichlarini ijobiy pasayish sifatida qabul qilish mantiqan to‘g‘ri emas.
JSST qish mavsumida dunyo bo‘yicha kasallanishlar soni ortib borayotganini inobatga olib, buster dozada emlanish eng maqbul chora, deb hisoblaydi.