Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maymun chechagini tezkor aniqlaydigan birinchi ekspress-testni tasdiqladi. “Abbott Molecular Inc.” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu sinama “Alinity m MPXV” deb nomlanadi.

PZR-testdan, birinchi navbatda, epidemiya avj olgan hududlar hamda tezkor va aniq diagnostika vositalariga ehtiyoj keskin oshgan mamlakatlarda foydalanishga ruxsat berildi.