JSST: noqonuniy tamaki savdosiga barham berish mamlakatlarga yiliga 47,4 milliard dollar daromad keltiradi

    JSST hisob-kitoblariga ko'ra, dunyo bo'yicha noqonuniy savdo xalqaro tamaki bozorining 11 foizini tashkil qiladi va unga barham berish global soliq tushumini yiliga 47,4 milliard dollarga oshirish imkonini beradi.

    Bu haqda Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining (JSST) press-relizida aytiladi.

    JSST 12 – 14-fevral kunlari Panamada Tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga barham berish bo'yicha Bayonnoma ishtirokchilari yig'ilishining uchinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

    Sessiyada ko'plab davlat vakillari ishtirok etib, bir qator masalalarni – hujjat qoidalarini amalga oshirishdagi natijalardan tortib, tamakiga qarshi kurashishni barqaror moliyalashtirishgacha bo'lgan masalalarni muhokama qilishdi. Ular Panama deklaratsiyasini qabul qilishdi, unda hukumatlarni tamaki sanoatining noqonuniy savdoga barham berishga yo'l qo'ymaslik bo'yicha davom etayotgan urinishlaridan ehtiyot bo'lishga chaqirildi. Hujjatda, shuningdek, bunday savdoning oldini olish bo'yicha samarali choralar ko'rish zarurligi haqida so'z boradi, bu esa davlatlar o'rtasida har tomonlama xalqaro yondashuv va yaqin hamkorlikni talab qiladi.

    Bayonnoma 2018-yilda kuchga kirgan. U tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosining barcha shakllarini mamlakatlarning bir-biri bilan hamkorlikda amalga oshiradigan chora-tadbirlar majmuasi orqali bartaraf etishga qaratilgan, deb xabar beradi report.az.