Unga koʻra, endi “omikron” shtammining 2021-yil oxiri va 2022 birinchi yarmida aniqlangan 6 ta varianti — BA.5.1, BA.5.2, BA.2.75, BQ.1, BJ.1 va BA.4.6 alohida nazorat qilib boriladi.
Hozir ushbu subversiyalar asosan AQSH (BA.4.6, BA.5.1 va BA.5.2), Hindiston (BJ.1va BA.2.75), Buyuk Britaniya (BA.5.1 va BA.5.2) va Nigeriyada (BQ.1) keng tarqalmoqda.
Esingizda boʻlsa, joriy yilning may oyida JSST tomonidan SOVID-19ning monitoring ostidagi qator variantlari kuzatuvi toʻxtatilgan edi. Iyul oyida esa bu safdan “delta” shtammi chiqarib tashlandi.
Ayni paytga kelib esa faqat “omikron”ning yuqoridagi 6 mutatsiyasi nazorat ostida. Chunki dunyoda ushbu shtamm dominantga aylangan. U jami aniqlanayotgan koronavirus holatlarining 98 foizini tashkil etyapti.