Tashkilot bosh direktorining katta maslahatchisi Bryus Eylvardning taʼkidlashicha, koronavirus pandemiyasi 2022-yilning katta qismida ham davom etishi mumkin, chunki dunyoning eng qashshoq mamlakatlari yetarli darajada vaksina qabul qila olmaydi. JSST vakilining tushuntirishicha, rivojlangan davlatlar eng qashshoq mintaqalarga dori-darmon yetkazib berish majburiyatini bajarmayapti.
“Men sizga aniq ayta olamanki, biz kasallik bilan yetarlicha kurashmayapmiz. Haqiqatan ham tezlashishimiz kerak, aks holda nima boʻlishini bilasizmi? Pandemiya yana bir yildan koʻproq vaqt davom etadi”, deb tushuntirdi Eylvard.
Ekspertning soʻzlariga koʻra, agar dunyoning aksariyat mamlakatlarida aholining qariyb 40 foizi yoki undan koʻpi emlangan boʻlsa, Afrikada hozirda koronavirusga qarshi emlangan aholi 5 foizdan kamroqni tashkil etmoqda.