Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, bunga mazkur virusning tez mutatsiyaga uchrab, nafaqat qanotli jonzotlar, balki bemor insonlardan ham yuqish hamda keng tarqalish xususiyatiga egaligi sabab bo‘lgandi. 

 JSST yangi bayonotini e’lon qildi. Unda parranda grippining insonlarga yuqish xavfi yuqoriligi xususida keng jamoatchilik va soha mutaxassislari yana bir bor ogohlikka chaqirilgan. 

Tashkilot mas’ul xodimi Silvi Brianning ta’kidlashicha, mazkur virusning bemor insondan boshqasiga yuqishi kam kuzatiladi. Shunga qaramay, xushyorlik va ehtiyotkorlik shart.

Ayni sababdan JSST mamlakatlarni kasallik ustidan nazoratni kuchaytirish va aniqlangan holatlar bo‘yicha imkon qadar tezroq xabar berishga chaqiradi.

O‘z navbatida, epidemiologlarning ta’kidlashicha, odamlar infeksiyadan zararlangan va halok bo‘lgan hayvonlarga yaqinlashmasliklari zarur.