“Hozir dunyo haqiqiy xavf-xatar davrida. Biz erishgan yutuqlarning koʻpi endi oʻz ahamiyatini yoʻqotadi”, dedi u.

JSST rahbarining taʼkidlashicha, virusning tarqalishiga ijtimoiy aloqalarning koʻpayishi, sogʻliqni saqlash va davlat siyosatining bir-biriga mos kelmasligi va “adolatsiz emlashlar” sabab boʻlmoqda. Uning eslatishicha, koronavirusga qarshi vaksinalarning 80 foizdan ortigʻi yuqori va oʻrta daromadli mamlakatlarga yetkazib berilgan.

Gebreyesus, shuningdek, pandemiyaga qarshi kurashda erishilgan yutuqlar yoʻqolib bormoqda, sogʻliqni saqlash tizimlari zoʻriqqan va infeksiya yuqtirganlar sonining koʻpayishi odamlarni qutqarish uchun zarur boʻlgan davolash vositalarining yetishmasligini keltirib chiqarmoqda, dedi.

Interfaks maʼlumotiga koʻra, 5-avgustda Jons Xopkins universiteti butun dunyo boʻylab 200 milliondan ortiq koronavirus holati haqida xabar bergan. Universitet maʼlumotlariga koʻra, COVID-19 tufayli dunyoda 4,2 million kishi vafot etgan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti veb-sayti ham 200 milliondan ortiq holat haqida xabar beradi.