“Har yili 1,3 millionga yaqin odam tamaki tutuni ta'siridan vafot etadi. Tamaki tutunida nafas olish, yurak-qon tomir, saraton, insult va qandli diabetning ikkinchi turida o'lim xavfini keltirib chiqaradi”, deyiladi hujjatda.
Mutaxassislarning fikriga ko'ra, sigaretaning 7000 ta izolyatsiya qilingan komponentlaridan kamida 69 tasi onkologiyaga olib kelishi mumkin.
Bir xonada hosil bo'lgan tutun eshiklar yopiq yoki derazalar ochiq bo'lishidan qat'i nazar, tezda binoning boshqa hududlariga tarqaladi, deb xabar beradi mir24.tv.
“Derazalar ochiq holatda bo'lsa ham va havo filtrlari mavjud bo'lsa-da, tutunning zaharli birikmalari gilamlar, pardalar, kiyim-kechak, oziq-ovqatga o'rnashib oladi va bir necha oy o'tsa-da, uyda saqlanib qolaveradi, dedi JSST.