Bu choralar oʻz ichiga emlashning milliy rejalari, shuningdek, aholining kam taʼminlangan qismini vaksina bilan taʼminlash dasturiga muvofiq, oʻqituvchilar va maktablarning boshqa xodimlarini COVID-19 ga qarshi vaksinatsiya bilan taʼminlashni oʻz ichiga oladi. COVID-19 ning ogʻir koʻrinishiga moyil, sogʻligʻi yaxshi boʻlmagan 12 yoshdan katta bolalar ham vaksina bilan taʼminlanishi lozim. Maktab muhitida ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirish, sinflarda ventilyatsiyani yaxshilash, xonalarda imkoni boricha oʻquvchilar sonini cheklash, jismoniy masofa saqlash, bolalar va xodimlarni muntazam testdan oʻtkazish ham muhim choralardan hisoblanadi.
“Pandemiya oʻquv jarayonlari tarixida eng halokatli oqibatlarga olib keldi, shuning uchun JSSTning Yevropa mintaqasidagi mamlakatlarida kunduzgi maktab taʼlimida uzilishga yoʻl qoʻymaslik zarur. Bu bizning fvarzandlarimizning taʼlim olishi, ruhiy sogʻligʻi va ijtimoiy koʻnikmalarini rivojlantirishda ulkan ahamiyatga ega boʻlib, maktablar ularni jamiyatning toʻlaqonli aʼzolari va baxtli insonlari boʻlishiga yordam berishlari kerak.
Yuqori yuqumliligi bilan ajralib turadigan virusning “Delta” varianti joriy oʻquv yilining boshlanishi yoʻlidagi qoʻshimcha murakkablashtiruvchi omilga aylandi. Aholi orasida COVID-19 tarqalishining yuqori surʼatlari saqlanib qolayotgan ekan, virusning maktablarda tarqalish ehtimoli ham oshib bormoqda. Demak, hammamiz virus tarqalishiga qarshi oʻz hissamizni qoʻshishimiz kerak”, – deydi tashkilotning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge.
Mavjud maʼlumotlarning koʻrsatishicha, COVID-19 ga qarshi emlanishning toʻliq kursi kasallikning ogʻir koʻchishi va oʻlim ehtimolini kamaytiradi.
“Emlanish – bu bizning virusdan himoyalanishimizning eng yaxshi strategiyasi. Pandemiyaga chek qoʻyish uchun barcha mamlakatlarda vaksinaga ega boʻlishning adolatli tartibini kengaytirishimiz, vaksinalar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashimiz zarur.
Maktablarning uzluksiz ishlashini va taʼlimning xavfsiz sharoitlarini taʼminlash maqsadida JSST, YUNISEF va YUNESKO ekspertlarning sakkizta tavsiyalarni tasdiqladi. Tavsiyalar COVID-19 pandemiyasi davrida xavfsiz maktab taʼlimini amalga oshirish uchun Yevropa mintaqasidagi 53 ta JSST aʼzo davlatiga Yevropa texnik konsultativ guruhi tomonidan tayyorlangan edi.
Ular quyidagilar:
Maktablar yopilishini soʻnggi chora sifatida koʻrish kerak: maktablar soʻnggi navbatda yopilishi va birinchi navbatda ochilishi kerak.
Testlashtirishga nisbatan strategiyani amalga oshirishni taʼminlash.
Tavakkalni pasaytirish uchun samarali choralarni taʼminlash.
Bolalarning ruhiy va ijtimoiy salomatligini taʼminlash.
Nozik vaziyatlarda bolalar himoyasini taʼminlash.
Maktab muhitida ijobiy oʻzgarishlarni taʼminlash.
Qarorlar qabul qilish jarayonida bolalar va oʻsmirlar ishtirokini taʼminlash.
Maktablar yopilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida emlanishga nisbatan strategiyalar ijrosini taʼminlash.
Dilshod ISLOMOV