Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Hindistonning “Galentic Pharma Pvt. Ltd.” kompaniyasi ishlab chiqargan oftalmologiyada qoʻllaniladigan “Tetratsiklin gidroxloridi USP 1%” surtma dori preparati turli mamlakatlarga har xil markirovka yorligʻi ostida yetkazib berilgani, shuningdek, baʼzi partiyalarda bir qator sifat muammolari borligini maʼlum qildi.
Mazkur dori preparatini ehtiyotkorlik yuzasidan qoʻllamaslikni tavsiya etdi.
Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazining taʼkidlashicha, yuqorida qayd etilgan, “Tetratsiklin gidroxloridi USP 1%” dori preparati Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan.