Chunki mazkur virus tez mutasiyaga uchrab, nafaqat qanotli jonzotlar, balki bemor insonlardan ham yuqish hamda keng tarqalish xususiyatiga ega. Eng yomoni, u odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin.

“Shu bois yangi pandemiyaga tayyor turishimiz kerak. Hozir ilmiy hamjamiyat viruslarni kuzatmoqda va agar zarurat tug‘ilsa, maxsus vaksinalar ishlab chiqariladi” — deydi ekspert.

Epidemiologning qayd etishicha, odamlar infeksiyadan zararlangan va halok bo‘lgan hayvonlarga yaqinlashmasliklari zarur.