Andijon shahrida yashovchi, 38 yoshli (erkak) A.A. fuqarolarning 44.000 AQSH dollari pullarini firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirganligi uchun JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etishda ayblanib, tergov va sud organlaridan yashiringanligi sababli qidiruv eʼlon qilingan edi.

Axborot texnologiyalari imkoniyatidan foydalangan holda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, qidiruvdagi A.A. Toshkent shahrida yashirinib kelayotganligi aniqlanib, qoʻlga olindi va qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Qonunga muvofiq, A.A. sodir etgan jinoyat uchun 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.