Bugun va ertaga Oʻzbekiston boʻyicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Hududning katta qismida havo harorati 32-35 daraja atrofida, janubda 36-38 darajagacha boʻladi.

Hafta oʻrtasida respublika hududiga nisbatan salqin havo kirib keladi va harorat foni 2-3 darajaga pasayadi. Chorshanba va payshanba kunlari havo harorati kunduz kunlari 27-30 daraja atrofida, janubda 35 darajagacha boʻladi. Kechasi va erta tongda harorat 17-20 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Juma kunidan boshlab harorat asta-sekin koʻtariladi, haroratning ushbu koʻtarilishi dam olish kunlarida ham davom etadi. Kunduz kungi harorat yana 30-35 darajagacha koʻtariladi.

28-avgust – chorshanba kuni Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida jadalligi asosan biroz boʻlgan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. 28-29-avgust kunlari Fargʻona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida momaqaldiroqli qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

Sharqiy yoʻnalishdagi shamol, gʻarbdan 9-14 m/s tezlikda esadi, 28-avgustda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtimizda: asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat 28-avgustda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat asosan kechalari 15-20 daraja, kunduz kunlari 26-27-avgustda 30-33 daraja, 28-29-avgustda 27-30 daraja boʻladi.