U qandli diabet kasaliga chalingani va soʻnggi oylarda buyrak yetishmovchiligi dardi bilan ogʻrib kelgani maʼlum qilinmoqda.

Jasur Hamroyev oʻz faoliyatini «Darakchi« gazetasida boshlagan, keyinchalik shou-biznesga ixtisoslashgan shov-shuv.uz saytini yaratgan va bosh muharrir sifatida ishlagan.

Qolaversa, u «Adolat« partiyasi Toshkent shahar Yakkasaroy tumani kengashi raisi sifatida ham faoliyat yuritgan.

Yuz.uz jamoasi jurnalistning vafoti munosabati bilan marhumning oilasiga va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.