Mazkur hisobotdan oldin joriy yilning 18-dekabr kuni respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun viloyat hokimligi Axborot xizmati tomonidan press-tur tashkil etildi.
Press-tur dastlab, Jizzax shahridagi «Monomarkazi»dan boshlandi.
Aholi bandligini taʼminlash, ularni kasbga yoʻnaltirish maqsadida bunyod etilgan mazkur «Monomarkazi»ning quvvati bir vaqtning oʻzida 490 oʻrinli boʻlgan Jizzax shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi sobiq Jizzax iqtisodiyot va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji oʻrnida tashkil etilgan.
Monomarkaz faoliyat yuritayotgan binoni taʼmirlash va jihozlashda, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan 14 milliard 400 million soʻm va Jahon bankining 1 milliard 145 million soʻmdan ortiq mablagʻlari jalb etildi.
Markaz qayta rekonstruksiya qilinib, “WORLD SKILLS” talablari asosida toʻlaligicha qayta jihozlash ishlari ham yakuniga yetkazilgan. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tarkibiy tizimiga kiruvchi band boʻlmagan aholiga xizmat koʻrsatuvchi Jizzax shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida 5 ta xizmat turi, 22 turdagi kasbga oʻqitish va 5 ta til oʻrgatish kurslari faoliyat yuritmoqda.

Monomarkazda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bandligi vaqtincha taʼminlanmagan jizzaxlik yigit-qizlar uchun servis va xizmat koʻrsatish sohasi boʻyicha 8 ta, texnik soha boʻyicha 7 ta, qurilish sohasi boʻyicha 5 ta, qishloq xoʻjaligi sohasida 2 ta kasb turlari tashkil etilgan.
Shuningdek, xorijiy tillarni oʻrgatish kursida rus, ingliz, koreys, xitoy va yapon tillari, raqamli texnologiyalarni oʻrgatish kursida esa kompyuter savodxonligi, dasturchi
1S buxgalteriya mutaxassisliklari oʻrgatiladi.
Ayni paytda monomarkazda 24 ta kasb-hunar va 3 turdagi til oʻquv kurslarida 317 nafar band boʻlmagan yoshlar oʻqitilib, kasb-hunarga oʻrgatilmoqda.
Navbatdagi manzil Jizzax shahridagi “Sambhram” texnologiya universiteti boʻldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi «Jizzax shahrida “Sambhram” universitetini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 401- sonli qaroriga asosan Jizzax shahridagi “Sambhram” universiteti tashkil qilindi.
“Sambhram” universiteti (Hindiston) nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi. Universitetda oʻqitish kunduzgi taʼlim shaklida, ingliz tilida hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Universitetda 2021-2022 oʻquv yilida 2000 ga yaqin talaba qabul qilingan boʻlib, taʼlim muddati 4 yil boʻlgan (kunduzgi) 3 ta bakalavr yoʻnalish va taʼlim muddati 2 yil boʻlgan 2 ta magistratura mutaxassisligi boʻyicha hujjatlar qabul qilindi. Bular: Bakalavriat 1.Axborot texnologiyalari muhandis-dasturchisi (B.Tech.IT)-700 nafar, Axborot texnologiyalari fanlari (B.Sci.IT)-500 nafar, Biznes boshqaruvi (VVA.IT)-700 nafar.
Magistratura : Axborot texnologiyalari fanlari (M.Sc.IT)-50 nafar, Biznes boshqaruvi (MVA.IT)-50 nafar. Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston va Hindistonda oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.

Universitet uchun ajratilgan Jizzax shahri, Sharof Rashidov koʻchasida joylashgan sobiq Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun viloyat hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmachi etib belgilangan.
Bugungi kunda universitetda 200 oʻrinli oshxona binosi hamda 500 oʻrinli yotoqxonalarning taʼmirlanishi boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Universitetning faoliyat koʻrsatishi uchun joriy yilning 16-noyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Nodavlat taʼlim xizmatlari sohasida faoliyatni amalga oshirilishi uchun № 0039 sonli litsenziya olindi.
Hozirgi kunda 1500 nafardan ortiq talabalar dars mashgʻulotlarida ishtirok etmoqda. Dars jarayonlari 2 smenada tashkil etilgan.
Universitet faoliyatiga Hindistondan 16 nafar professor-oʻqituvchilar va Oʻzbekistondan 30 nafar professor-oʻqituvchilar jalb etildi. Umumiy ilmiy salohiyat 30% ni tashkil etadi.
Mehmonlar Jizzax shahridagi “Prezident maktabi”dagi shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.
2019-yil 20-fevraldagi “Prezident maktablarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori xalq taʼlimi tizimidagi yangilanishlar koʻlamini kengaytirib yubordi. Mazkur Qarorga asosan respublikamizda tashkil etilgan ilk Prezident maktablari koʻplab iqtidorli yoshlarga oʻz quchogʻini ochdi. Shu qatorda Jizzax shahrida 144 nafar iqtidorli oʻquvchilarni oʻz bagʻriga olgan, barcha shart-sharoitlarga ega zamonaviy Prezident maktabi ham rasman oʻz faoliyatini boshladi.
Prezident maktabining 144 nafar oʻquvchisi viloyatimiz maktablaridagi 260 ming nafarga yaqin oʻgʻil-qizlarimiz orasidan eng sarasi, bilimdoni, iqtidorlisi sifatida bu yer taʼlim-tarbiya olishadi. Qisqa fursat ichida 70,7 mlrd.soʻm byudjet mablagʻlari evaziga bunyod etilgan mazkur muassasada oʻquvchilar uchun 120 oʻrinli oshxonada barcha sharoitlar yaratilgan. 50 oʻrinli maktab kutubxonasida 9500 dan ziyod eng sara kitob va qoʻllanmalardan iborat fond mavjud.

Maktabdagi oʻquv-tarbiya jarayonlari xalqaro Cambridge Assessment International Education taʼlim sistemasi va mahalliy taʼlim tizimimiz integratsiyalashgan holda tashkil etilgan.
Bundan tashqari, oʻquvchilarning iqtidori, aniq fanlar va texnologiyalarga qiziqishi, yaratuvchanlik salohiyatini oʻstirishga xizmat qiladigan robototexnika, modellashtirish, kreativ ijod toʻgaraklari, fizika, kimyo, biologiya kabi tabiiy fanlarni chuqurlashtirilgan holda oʻzlashtirish imkonini beradigan laboratoriya xonalari tashkil etilgan.
Maktabda Flippindan 3 nafar, Hindistondan 2 nafar, Xorvatiya, Pokiston, Buyuk Britaniya va Shotlandiyadan 1 nafardan jami 9 nafar xorijlik malakali oʻqituvchi yoshlarga taʼlim berishadi.
Press-tur davom etmoqda.
Shahzod Gʻafforov,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri