2020-yil 5 martda O‘zbekistondagi GTL zavodining qurilish maydoniga xorijiy va milliy ommaviy axborot vositalari vakillari, jumladan, «The Economist» (Buyuk Britaniya), «Les Echos» (Fransiya), «Energy Inelligene» (AQSh), «Petroleum Economist» (Buyuk Britaniya), Kun.uz, SevimliTV, MY5, Reuters, UzA va boshqalar tashrif buyurishdi.
Matbuot safari O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va «O‘zbekneftgaz» AJ tashabbusi bilan tashkil etildi.
Tashrif davomida jurnalistlarga «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metan negizida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish» investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonlari va qurilish-montaj ishlari yuzasidan keng ma’lumotlar berildi.
Shu bilan birga, jurnalistlar GTL zavodining Markaziy boshqaruv pulti bilan yaqindan tanishdilar. Ayni paytda boshqaruv pultida montaj ishlari va avtomatlashtirish tizimlarini sozlash ishlari faol davom etmoqda.
Bugungi kunda loyiha doirasida yeRC shartnomasi («tayyor holda topshirish» sharti asosida) 84% dan ziyodi bajarildi. Qurilish maydoniga 10,5 mingdan ortiq mutaxassis va ishchilar safarbar etilib, 950 ga yaqin qurilish va maxsus texnika jalb etilgan. Qurilish-montaj ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.