Joriy yilining noyabr oyida Prezident qarori ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligining jami 346 nafar rahbarlari attestatsiyadan o'tkazildi.
Agentlik matbuot xizmatining xabar berishicha, natijalar tahlil qilinganda xodimlarning 24 foizi attestatsiyadan o'tgan, 15 foizi shartli o'tgan bo'lsa, 61 foiz rahbarlar attestatsiyadan o'ta olmagani ma'lum bo'ldi.
Joriy yilning 3-dekabrdan boshlab Kadastr agentligining tuman-shahar filiallari xodimlarini attestatsiyadan o'tkazish ishlari boshlandi. Har bir viloyat kesimida natijalar e'lon qilib boriladi.
Shuningdek, kadastr tizimidagi tozalash ishlari natijalariga ko'ra, joriy yilning 1 iyunidan 1 dekabriga qadar Agentlik tizimida faoliyat yuritishi davomida o'z ishiga sovuqqonlik bilan qaragan, lavozimini suiiste'mol qilgan hamda aholiga xizmat ko'rsatishda sustkashlikka yo'l qo'ygan 850 dan ortiq xodimlarning mehnat shartnomalari bekor qilingan.