Kadastr agentligida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati samaradorligi tahlil qilindi

    Firibgarlik yoʻli bilan pora berishga dalolat qilish va pora berish jinoyatini sodir etgan 127 nafar shaxsning 33 nafari muqaddam shu kabi jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlangan.

    Sohaga oid 9 ta xizmat turi Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilmoqda.

    Agentlik korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimining ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqlik sertifikatini qoʻlga kiritgan.

    Sohadagi korrupsiyaviy jinoyatlarning aksariyati xizmat mavqeidan foydalanib firibgarlik qilish, mansab soxtakorligi va hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish yoʻnalishlarida sodir etilmoqda.

    Firibgarlik yoʻli bilan pora berishga dalolat qilish va pora berish jinoyatini sodir etgan 127 nafar shaxsning 33 nafari muqaddam shu kabi jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlangan.

    Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) boʻlimlarida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq holatlarda korrupsiyaviy jinoyatlar 29 foizni tashkil qiladi.

    Oʻrganish va tahlillar natijalari boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tizimda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish toʻgʻrisida taqdimnoma yuborildi,deyiladi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hisobotida.