O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 sentyabrdagi “O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4819-son qarorining 8-bandini ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tizimiga kiruvchi hududiy boshqarma va korxonalar rahbarlari kasbiy va nazariy bilimlarini, shuningdek, egallab turgan lavozimiga munosibligi darajasini baholash uchun attestatsiyadan o'tkazish boshlandi.
Unda Respublikamizning barcha viloyat kadastr yo'nalishi rahbarlari maxsus komissiya tomonidan suhbatdan o'tkazilmoqda.