Oxirgi 7-yilda oliy taʼlimda qabul 4,5 barobar oshib, qamrov 42 foizga yetgan boʻlsada, kadrlar tayyorlash tizimi real ehtiyojga mos emasligi qayd etildi.
Misol uchun, yiliga 20 ming avtomobil chiqarayotgan “BYD” zavodida 100 ta boʻsh ish oʻrni bor. Shuning toʻrtdan biri – robototexnika va boʻyoqlash, robotlarni dasturlash muhandislari.
Zavodda kadr yetishmayotgani uchun xorijdan 80 nafar mutaxassis kelib ishlamoqda. Zavod 4-5-yilda toʻliq quvvatga oʻtib, yiliga 500 ming avtomobil chiqarishni boshlasa, 4 ming nafar oliy malakali kadrlar kerak boʻladi.
“Bu – bitta loyiha boʻyicha hisob-kitoblar. Yaqin 3-4-yilda ishga tushadigan 83 milliard dollarlik yirik loyihalar hisobiga sanoatni oʻzida 500 mingga yaqin kadr zarur”, — dedi davlatimiz rahbari.