Nizomga koʻra, kafolatlar berish tashkiloti moliyaviy mablagʻlar va kafolatlar oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash hamda muammolarni dastlabki bosqichda aniqlash maqsadida kredit tashkilotlari va kafolat portfeli kesimida kamida har oyda tahlil oʻtkazishi kerak.

Tashkilotning tavakkalchiliklarni boshqarish tuzilmasi quyidagilardan tashkil topishi lozim:

  • kuzatuv kengashi;
  • ijro etuvchi organ;
  • tavakkalchiliklarni boshqarish boʻyicha tegishli tarkibiy boʻlinma;
  • tavakkalchiliklarni boshqarishga masʼul boʻlgan boshqa boʻlinmalar.

Tashkilot aktivlarni sifatiga koʻra tasniflaydi va ular boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar yaratadi.

Tashkilot kapitalining yetarlilik koeffitsiyenti uning jami xususiy kapitalining jami aktivlariga nisbati orqali hisoblanadi va ushbu koeffitsiyent 10 foizdan kam boʻlmasligi lozim.