Tadqiqotlar davomida kakao flavanollarining organizmga taʼsiri oʻrganildi.
Tadqiqotlardan maʼlum boʻldiki, kakao tarkibidagi flavanollar asab tizimiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Bu esa diqqatning jamlanishi, koʻrish qobiliyaning yaxshilanishiga turtki boʻladi.
Tajriba tariqasida koʻngillilar kakao qoʻshilgan sut isteʼmol qilishgan. Keyin ularning nigohi harflardan iborat diagrammaga qaratilgan. Harflar bir past yorugʻlikda, bir yuqori yorugʻlikda koʻrsatilgan. Tajriba ishtirokchilaridan ana shu harflarni aniq aytib berish soʻralgan. Mazkur tajribada ishtirok etgan koʻngillilarning aksariyati harflarni topa olgan.
“Biz mazkur konsepsiyaning chindan ham samarali ekaniga toʻliq ishonch hosil qilishimiz uchun kelgusida yana ayrim tadqiqot ishlarini olib borishimiz kerak. Agar bu isbotini topsa, ilmiy xulosalarimiz odamning koʻrish qobiliyatini yaxshilashga xizmat qiladigan mahsulotlar ishlab chiqishda foydalanilishi mumkin”, deydi tadqiqot mualliflaridan biri Sonya de Paskual-Tereza.