CNN telekanalining maʼlum qilishicha, AQSHning Kaliforniya shtatida 31-iyul, juma kuni boshlangan yongʻin hamon toʻxtagani yoʻq, sakkiz mingga yaqin odam yongʻin joyidan evakuatsiya qilingan.
Maʼlum boʻlishicha, oʻrmonda chiqqan mazkur yongʻin besh gektar maydonni qamrab olgan. Tabiiy ofatni bartaraf etish uchun 375 qutqaruvchi, vertolyot hamda buldozer jalb qilingan.
Yongʻinni butunlay oʻchirishga kuchli shamol va issiqlik xalal bermoqda. Kun davomida shtatdagi harorat 41 darajaga koʻtarilgan. Talafotlar haqida maʼlumot yoʻq.