Mutaxassis kal`siyga boy mahsulotlar haqida ma'lumot beradi. Bitta tuxum qobig'ida 2 gramm kal`tsiy bor. Uning vazni taxminan 5 grammni tashkil qiladi va maydalanganida, bir choy qoshiq sig'imiga to'g'ri keladi.

Barcha sut mahsulotlari orasida kal`siy miqdori bo'yicha etakchi parmezan pishlog'idir. 100 g mahsulot tarkibida 1 184 mg kal`siy mavjud  va bu kunlik talabdan ko'proq. 

Kunjut o'simlik manbalari orasida kal`siy miqdori bo'yicha mutlaq etakchidir. 100 g  kunjut tarkibida 975 mg kal`siy va 17,7 g oqsil mavjud.

Konservalangan sardiniya suyaklari bilan iste'mol qilinadi, shuning uchun ular tarkibida kal`siy ko'p:  100 g mahsulot uchun 382 mg. Ular tarkibida 24,6 gramm oqsil va 6,8 mkg D vitamini (kunlik me'yorning 68 foizi) mavjud. Sardiniya tarkibidagi kal`siy kunjutga qaraganda ancha kam bo'lsa-da, D vitamini tufayli u yaxshiroq so'riladi.

100 g bodom tarkibida 216 mg kal`siy va 21,9 g oqsil mavjud. Yong'oq tarkibida fitin kislotasi ko'p, ammo siz bodomni ovqatdan oldin 12 soat davomida suvda saqlash orqali uning miqdorini kamaytirishingiz mumkin.