O'zbekiston Prezidentining tegishli farmoni bilan kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash bilan bog'liq quyidagi asosiy o'zgartirishlar kiritildi.

2021 yil 1 sentyabrdan boshlab:

Amalda bo'lgan kam ta'minlangan oilalarga 14 yoshgacha bolalari uchun nafaqa va 2 yoshgacha bolani parvarish qilish nafaqasi o'rniga yagona bolalar nafaqasi joriy etildi.

bolalar yoshi me'yori 14 yoshdan 18 yoshgacha oshirildi.

 to'lov muddati 6 oydan 12 oygacha uzaytirildi.

Nafaqa miqdori oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilanishi joriy etildi. Bunda:

➖ 3 yoshgacha bitta farzandi uchun – 325 ming so'm;

➖ 3 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bitta farzandi uchun – 250 ming so'm;

➖ ikkinchi farzandi uchun qo'shimcha – 150 ming so'm;