Tadqiqotchilar Buyuk Britaniya Biobankidan 247 867 nafar kattalar ma'lumotlarini tahlil qilishdi, ular uyqu davomiyligi bo'yicha to'rt guruhga bo'lingan: me'yorda (kuniga 7-8 soat), biroz qisqa (kuniga 6 soat), o'rtacha qisqa (kuniga 5 soat) va juda qisqa (kuniga 3-4 soat). Qizil go'sht, qayta ishlangan go'sht, meva, sabzavot va baliq iste'moli hisobga olindi va sog'lom ovqatlanish 0 (eng nosog'lom) dan 5 (eng sog'lom) ballgacha baholandi.

3 dan 5 soatgacha bo'lgan uyqu qandli diabetning ikkinchi turi rivojlanishi xavfini oshirishi aniqlandi. Sog'lom ovqatlanish kasallikning rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam berdi, ammo hatto sog'lom ovqatlangan, lekin kuniga olti soatdan kam uxlagan odamlarda ham qandli diabet rivojlanish xavfi yuqori bo'ldi, deb xabar beradi lenta.ru.