Kamala Xarris prezidentlik saylovida nomzod sifatida tasdiqlanish uchun yetarlicha ovoz oldi

    Kamala Xarrisni 2538 delegat qo'llab-quvvatladi.

    AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris noyabr oyidagi saylovlarda prezidentlikka nomzod sifatida rasman tasdiqlanishi uchun bo'lajak Demokratik partiyaning milliy qurultoyida delegatlarning yetarlicha ovozini yig'di.

    Bu haqda Associated Press xabar berdi.

    Hisob-kitoblarga dushanba kuni kechqurun, AQShning Sharqiy qirg'og'i vaqti bilan Xarrisni 2,538 delegat qo'llab-quvvatladi. Demokratik partiya reglamentiga ko'ra, nomzod sifatida tasdiqlanish uchun kamida 1976 ta ovoz olish kerak edi, deya aniqlik kiritadi agentlik.

    Bu raqamlar rasmiy va yakuniy emas, ovozlarning yakuniy taqsimoti va nomzodlarni ilgari surish 19 – 22-avgust kunlari bo'lib o'tadigan Chikagodagi partiya qurultoyida bo'lib o'tadi, deya qayd etadi AR nashri.

    AQShda prezidentlik saylovi 5-noyabr kuni bo'lib o'tadi. Demokratik partiyadan Jo Bayden nomzodi ko'rsatilishi taxmin qilingan va uning nomzodi Chikagoda avgustdagi milliy qurultoyda tasdiqlanishi kerak edi. Biroq, Baydenning AQShda 27-iyun kuni respublikachi Donald Tramp bilan bo'lib o'tgan saylovoldi teledebatidagi muvaffaqiyatsiz chiqishidan so'ng, demokratlar orasida Baydenni hukumatning eng yuqori lavozimini saqlab qolish uchun keyingi urinishlaridan voz kechishga chaqiriqlar kuchaydi, deb xabar beradi tass.ru.