Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 300 nafar  sardorlar Qarshi vokzalida tantanali kutib olindi. Shahrisabz shahridagi “Oqsaroy” majmuasidagi Amir Temur haykali poyiga anjuman ishtirokchilari bilan birgalikda sektor rahbarlari hamda viloyat yoshlar tashkilotlari rahbarlari gulchambar qo‘yishdi.

Shundan so’ng "Lochin" bolalar oromgohida Shahrisabz yoshlari, harbiy orkestr va anjuman tashkilotchilari hududlardan tashrif buyurgan ishtirokchilarni tantanali kutib olinda va anjumanning ochilish konsert dasturi bo’lib o’tdi.

  Anjuman doirasida o‘quv seminarlar, “Eng namunali hududiy Sardorlar Kengashi”, “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi, “Munozara” va “Zakovat”  intellektual o‘yini, “Qadriyat, urf-odat, an’ana va bolalar!”, “Xalqlar do‘stligi” festivallari hamda “Olimpiya kuni”, “So‘ngi qo‘ng‘iroq”, “Do‘stimga sovg‘a” loyihalari, “Plogging” ekologik aksiyasi kabi 15 dan ortiq  loyihalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.