Rassomning namoyish etilayotgan ijod namunalarida insonlar hayoti, falsafasi, tarixiy meros, tabiat manzaralari, turmush tarzimizdan lavhalar aks etgan.

Ekspozitsiyadan Robert Avakyanning rangtasvir, grafika janridagi “Buxoro”, “Toshkent”, “Burchmulla”, “Kumushkon”, haykaltaroshlikka oid “Ona va bola”, “Mahtumquli”, “Ayrilish”, “Paxlavon”, “Katyusha”, “Yosh yigitning portreti” kabi koʻplab asarlari oʻrin olgan.

Rassom 1932-yilda Vladikavkazda tugʻilgan. 1964-yili I.Ye.Repin nomidagi Leningrad davlat rassomlik, haykaltaroshlik va arxitektura institutini tugatgandan soʻng Oʻzbekistonga yuborilgan. Bu yerdagi ijodiy faoliyatida u Oʻzbekistonning milliy jihatlari, shuningdek, Yevropa estetikasini aks ettirgan. Uning qiziqish doirasi xilma xil boʻlib, klassik akademik shakllardan avangard yoʻnalishigacha har bir asari oʻziga xos hissiyotlarga ega. Ular lirika va tuygʻularning boyligi, oʻychanlik va beparvolik hissiyotlari bilan toʻldirilgan.

Hasan Abdunazarov