Qarorga koʻra, aholini tadbirkorlikka jalb qilish, aylanma mablagʻlari bilan taʼminlash hamda Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar aʼzolariga oʻz faoliyatini boshlashi uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalarni xarid qilishga ajratiladigan subsidiyalar oʻrniga foizsiz ssuda ajratish tizimini joriy etiladi.
Aholi tomonidan qiziqish bildirilmagan, uzoq davr mobaynida foydalanilmayotgan va samaradorligi past boʻlgan subsidiyalar bekor qilinadi hamda bir-birini takrorlovchi subsidiyalar birlashtiriladi.
Mahallalarning ixtisoslashuvi va drayver yoʻnalishlaridan kelib chiqib, kambagʻal oilalarga tadbirkorlik hamda dehqonchilik bilan shugʻullanishi uchun grant va foizsiz ssudalar ajratiladi.
2026-yil 1-yanvardan aholiga naqd pul shaklida beriladigan moliyaviy yordamlar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali ajratiladi.
2025-yil 20-martgacha Iqtisodiyot va moliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Subsidiya, ssuda va grantlarning samaradorligini baholash va muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etiladi.