Barcha saʼy-harakatlar har bir inson, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar oʻz salohiyatini toʻliq namoyon etishi uchun sharoit yaratish va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratildi.

Eng murakkab davrda kambagʻallikka qarshi kurash davlat siyosati darajasiga olib chiqilib, umummilliy harakatga aylantirildi.

Davlatimiz rahbari oʻsha paytda bizda kambagʻallik darajasini baholash boʻyicha aniq mezon va metodologiya yoʻq boʻlganini qayd etdi. Jahon banki va BMT institutlari bilan hamkorlikda xalqaro tajriba asosida kambagʻallikning milliy mezonlari ishlab chiqildik.

Yangilangan Konstitutsiyamizda pensiyalar, nafaqalar va ijtimoiy yordam miqdori eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz boʻlmasligi qatʼiy belgilab qoʻyildi.

Izchil islohotlar tufayli 7,5 million aholi kambagʻallikdan chiqarilib, kambagʻallik darajasi 2024-yilda 8,9 foizga tushirildi. Yil yakunigacha uni 6 foizgacha kamaytirish maqsad qilingan.